Qoidalar va yordam

HOSIL — fermerlar, xo‘jaliklar va xaridorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laydigan e’lonlar maydoni. Quyida platformadan foydalanish qoidalari va eng ko‘p beriladigan savollar.

Foydalanish qoidalari

Platformadan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas — e’lonlarni hamma ko‘radi. E’lon joylash, sevimlilarga qo‘shish va sotuvchi telefonini ochish uchun telefon raqamingiz bilan kirasiz.

Har bir foydalanuvchi o‘zi joylagan e’lon mazmuni uchun javob beradi. HOSIL bitimda tomon emas: u sotuvchi va xaridorni uchrashtiradi, pul va mahsulot almashinuvida qatnashmaydi.

Qoidalarni buzgan e’lon yashiriladi, takrorlansa hisob vaqtincha yoki butunlay bloklanadi.

E’lon joylash

Mumkin

  • •O‘zingiz sotayotgan haqiqiy mahsulot, hayvon, texnika yoki xizmat
  • •Aniq narx va o‘lchov birligi: so‘m/kg, so‘m/tonna, so‘m/bosh
  • •Mahsulotning o‘z surati — boshqa saytdan olingani emas
  • •To‘g‘ri hudud: xaridor yetib borishini bilishi kerak

Mumkin emas

  • •Matn ichida telefon raqami yoki havola — aloqa tugmasi buning uchun bor
  • •Bir xil e’lonni qayta-qayta joylash
  • •Qonun taqiqlagan mahsulotlar, dori-darmon, qurol
  • •Yo‘q mahsulotni «bor» deb ko‘rsatish yoki narxni ataylab past yozish

Bitta e’longa 8 tagacha surat qo‘shiladi. Suratsiz e’lon ham chiqadi, lekin unga qiziqish sezilarli darajada kam bo‘ladi.

Moderatsiya

Har bir yangi e’lon moderatorga tushadi. Tizim avval avtomatik tekshiradi: taqiqlangan so‘zlar, matndagi telefon va havola, takroriy e’lon, narxning haddan tashqari chetlashishi. Shubhali belgilar topilsa e’lon navbatga qo‘yiladi.

Tasdiqlangan e’lonlaringiz soni ortgani sari ishonch darajangiz ko‘tariladi va e’lonlaringiz tezroq chiqadi.

Rad etilgan e’lon o‘chirilmaydi: sababi bilan kabinetda qoladi, tuzatib qayta yuborishingiz mumkin.

Xavfsiz savdo

Mahsulotni ko‘rmasdan pul o‘tkazmang

Oldindan to‘lov so‘ralsa ehtiyot bo‘ling. Iloji bo‘lsa mahsulotni ko‘rib, keyin hisoblashing.

Uchrashuvni ochiq joyda belgilang

Bozor, omborxona yoki xo‘jalik hududi — odam bor joy xavfsizroq. Katta bitimga yolg‘iz bormang.

Hujjatlarni tekshiring

Hayvon va texnikada hujjat bo‘ladi: pasport, veterinariya guvohnomasi, texnika passporti. Ularni yetkazib berishdan oldin ko‘ring.

Shubhali e’londan xabar bering

E’lon sahifasidagi shikoyat tugmasi moderatorlarga boradi. Har bir shikoyat ko‘rib chiqiladi.

Savol-javob

E’lonim nega darhol chiqmadi?

Har bir e’lon moderatsiyadan o‘tadi. Odatda bu bir necha soat, band kunlarda bir kungacha cho‘ziladi. Tasdiqlangach e’lon 30 kun faol turadi.

E’lon nega rad etildi?

Sabab kabinetdagi e’lon yonida yoziladi. Ko‘p uchraydigani: matnda telefon raqami, sifatsiz yoki boshqa saytdan olingan surat, noto‘g‘ri kategoriya. Tuzatib qayta yuborsangiz bo‘ladi.

Narxlar indeksi qayerdan olinadi?

Bozor indeksi saytdagi faol e’lonlar narxidan hisoblanadi. Juda past va juda yuqori narxlar chetlatiladi, shuning uchun raqam o‘rtacha bozor holatini ko‘rsatadi.

Sotuvchi bilan qanday bog‘lanaman?

E’lon sahifasidagi «Telefonni ko‘rsatish» tugmasini bosing. Raqam matnda yozilmaydi — shu tufayli u spam bazalarga tushmaydi.

Xizmat pullikmi?

Yo‘q. E’lon joylash va qidirish bepul. Kelajakda qo‘shimcha xizmatlar paydo bo‘lsa, ular alohida belgilanadi.

Bog‘lanish

Savol, taklif yoki shikoyat bo‘lsa Telegram orqali yozing — @hosil_bot. Odatda bir ish kuni ichida javob beramiz.

Aniq e’lon haqida yozayotgan bo‘lsangiz uning havolasini ham yuboring — shunda tezroq hal qilamiz.

E’lonlarga qaytish